Komissiyalar

Norin tumanida faoliyat yuritayotgan komissiyalar tug'risida ma'lumot

Norin tumani hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar

1. Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash komissiyasi;

2. Tumanda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish bo’yicha tuman komissiyasi;

3. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi komissiya;

4. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo’yicha tuman hududiy komissiyasi,

5. Tuman hokimligi huzuridagi xorijiy fuqarolarga, shu jumladan MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga yashash uchun guvohnomalar berish hamda ularni doimiy ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ko’rib chiqish bo’yicha maxsus komissiyasi;

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2004 yil 25 maydagi PF-3434-sonli Farmoninig amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari dasturini muvofiqlashtirish bo’yicha doimiy ishlaydigan tuman komissiyasi;

7. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish tuman komissiyasi;

8. Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyasi;

9. Tumandagi toponomik obьektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi;

10. Toshqin va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o’tkazib yuborish, ko’chki xodisalarining oldini olishni ta’minlash tuman komissiyasi;

 Lavozimiga ko’ra tuman Mudofaa Kengashining raisi hisoblanadi.

Tuman hokimining birinchi o'rinbosari rahbarlik qiladigan komissiyalar

1. Aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish kontseptsiyasini amalga oshirish komissiyasi;

2. Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatini litsenziyalash bo’yicha hududiy komissiyasi;

3. Yoqilg’i energetika resurslaridan oqilona foydalanish komissiyasi;   

4. Toifalangan ob’ektlarning qo’riqlanishini tashkil etuvchi tuman idoralararo komissiya;

5. Yo’lovchi tashish transportlarini boshqarish komissiyasi;

6. Ist’emol mollari va moddiy boyliklarni tumandan olib chiqib ketishni muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiliuvchi komissiyasi;

7. Yo’llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash komissiyasi;

8. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo’yicha tuman komissiyasi;

9. Jazoni o’tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jixatdan va ishga joylshatirishda yordam ko’rsatish bo’yicha tuman maxsus komissiyasi;

10. Tuman hokimligi huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan bo’shatilgan shaxslarni ijtimoiy  ko’nikmalar xosil qilish markazi;

Tuman hokimligining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish masalalari bo’yicha bosh va 1-toifali mutaxassislari faoliyatini nazorat qiladi.

Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari rahbarlik qiladigan komissiyalar

1. Tuman epidemiyaga qarshi kurash favkulodda komissiyasi va tumanda OITS/OIZ epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish bo’yicha kichik komissiyasi;

2. Tuman epidemiyaga karshi kurash favkulodda komissiyasi;

3. Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, yozish, ko’paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi;

4. Norin tumanidagi o’quv muassasalariga qabul qilish ishlarini muvofiqlashtirishtiruvchi komissiya;

5. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish tuman komissiyasi;

6. Davlat tili to’g’risidagi Qonunni amalga oshirilishi bo’yicha tuman komissiyasi;

7. «Mustaqillik kuni», «Navro’z» umumxalq bayramini tashkil etish komissiyasi;

8. Tuman pul-kredit siyosati bo’yicha tuman komissiya;

9. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyalash masalalari komissiyasi;

10. Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash tuman mintaqaviy komissiyasi;

11. Moliya xo’jalik faoliyatini amalga oshirmagan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda  o’zlarining ustav jamg’armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo’yicha tuman komissiyasi;

12. Tuman chaqiruv komissiyasi;

Iqtisodiy nochor korxonalarni bank balansiga berish tuman komissiyasi.

Tuman hokiming o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiyalar

1. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tuman komissiyasi;

2. Sog’lom avlod, ayollar sog’lig’ini mustahkamlash va oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish;

Tuman hokimligining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish va xotin-qizlar masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi faoliyatini nazorat qiladi.

 

 Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (40 KB)

 

 

 

 

Ob-havo

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyat Norin tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.norin.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.