Umumiy ma`lumot

Umumiy ma`lumot

     Norin tarixi xakida gapirilganda uning meloddan avvalgi V-III asrlarga borib takalishi ko’pgina kitoblarda yozib qoldirilgan. Jumladan, Quyultepadan topilgan arxeologik ashyolar bunga misol bo’la oladi. Uchtepadagi Buloqli mozortepa qatlamlaridan qazib olingan sopol parchalari esa ushbu maskanda 2200-2300 yil avval xam ajdodlarimiz istiqomat qilganligidan dalolat beradi. Demak, yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, Norin odamlar tomonidan meloddan avvalgi IV asrdan o’zlashtira boshlangan. XVI asrdan Dashti Qipchoqdan 92 o’zbek urug’lari Movarounnaxrga kirib kelishi munosabati bilan Qipchok va Qurama urug’lari tub joyli axoli o’zlashtirmagan yerlarga kelib o’rnashadi. Norinkapa, Kemaboshi, Do’mar, Katta Yaydok, Katta O’lmas kabi qishloq va maxallalar shular jumlasiga kiradi. Uchtepa, Quyultepa, To’da qishloqlari esa eng qadimgi axoli yashash xududlari bo’lib, bu joylarda axoli qadim-qadimdan yashab keladi.

 Tuman 1926 yili 29 sentyabrda tashkil etilgan. Yer maydoni 274,64 kv kilometrni tashkil qilgan. Axolisi 19,6 ming nafardan oshmagan. Noringa rayon deb nom berilib, Xaqqulobod qishlog’i markaz deb belgilangan. 1927 yilda tuman markazida birinchi maktab binosi qurilib, bolalarga zamonaviy ta’lim olishga jalb qilingan. 1925 yilda yana 8 ta maktab To’da, Uchtepa, Norinkapa, Dumar, Xo’jaobod va Xaqqulobod qishloqlarida ochiladi. 1926 yilda sug’oriladigan maydon 16052 gektardan iborat bo’lib, 10495 gektariga paxta ekilgan. 112 ta mayda jamoa xo’jaliklari mavjud edi.

 Norin tumani bugunga kelib tubdan o’zgardi. Xududi 207,1 ming kv kilometrni tashkil etgani holda, o’z bag’riga Xaqqulobod shaxri, Paxtaqishloq, Toshloq, Xo’jaobod, To’da, Marg’izor, Norinkapa, Uchtepa, Qo’rgontepa qishloqlari va ular tarkibidagi 57 ta maxallalarni o’z ichiga  olgan.

 Xozirda tuman viloyatning sharqiy qismida Farg’ona tizmasini etaklarida joylashgan. G’arbiy chegaralari bo’ylab Qoradaryo oqib o’tadi, relьefi past-baland tekisliklardan iborat (ball 600-800 metr) tog’ etaklari paleogen davrining gil, oxaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan Norin xavzasi yoppasiga kondomeratdan iborat. Qoradaryo xavzasida kondomerat ustuni o’nlab metr qalinlikda qoplab o’tgan qiyosiy katta maydonda tekislik xosil qilgan.

 Norinning qayr tekisligi Uchqo’rg’on qishlog’idan boshlab 2-3 km kengaydi: bu yerda qumloq xamda qumloq jinslar keng tarqalgan. Tuman xududining shimolidan janubga tomon katta Andijon kanali kesib o’tadi.

 Tumanning janubiy g’arbiy tomonidan Qoradaryoning eski uzanidan o’tadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarini yig’ib Qoradaryoga quyiladi.

 Tuprog’i janubiy qismida botqoq torfli, SHimolda bo’z tuproq. Norin Qoradaryoga qo’shiladigan yerda o’tloqli botqoq, o’tloqli tuproqlar uchraydi.

 Kontinental yozi issiq. Qishi sovuq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 6 gradus iyulniki 27, Yillik yog’in 190-215 mm . Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman xududi xaydaladigan yerlardan iborat.

 Tumanning umumiy maydoni 207,1 kv.km, doimiy aholisi

149,9 ming shundan shaharda 69,8 ming kishi, qishloqda 80,1 ming kishi kishi istiqomat qilmoqda.

 Axolisi asosan o’zbeklar, SHuningdek tojik, qirg’iz, koreys va boshqa millatlar yashaydi. Axolining o’rtacha zichligi 1 kv.km  

725,8 kishiga to’g’ri keladi.

 

Ob-havo

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyat Norin tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.norin.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.