Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga “bir darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2412-son qaroriga asosan tuman hokimligi huzurida Davlat xizmatlari markazi markazi tashkil etildi.

Markazning manzili:                      160400. Xaqqulobod shahar O’zbekiston ko’chasi 2-uy

Elektron manzili:                          Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

Telefon raqami:                              (0369) 612-16-74 

Telefon xizmati (call-sentr) raqami:     (0369) 612-31-43

Ish kunlari:                                        dushanba – juma kunlari

Ish soati:                                          09:00 dan 18:00 gacha tanaffussiz

Dam olish kunlari:                          shanba va yakshanba kunlari

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi 2412-sonli

qarori bilan belgilangan Markazda ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining

R O’ Y X A T I

 

1. Tadbirkorlik sub’ektlarini muhandislik-kommunikatsiya tizimiga tayyor holda ulash.

2. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi.

3. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi.

4. Bino va inshootning tashqi ko’rinishini o’zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish.

6. Qurilish-montaj ishlariga ruxsat berish.

7. Ko’chma savdoni amalga oshirishga ruxsat berish.

8. Tashqi reklamalarni joylashtirishga ruxsat berish.

9. Turar joylarni noturar joy toifasiga o’tkazishga ruxsat berish.

10. Yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligini tasdiqlash xulosasi.

11. O’rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish.

12. Maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsat berish.

13. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish.

14. Yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish.

15. Yuridik shaxslarning binolar va inshootlarga (shu jumladan yer osti inshootlariga) bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish.

16. Yuridik shaxslarning ipoteka hamda binolar va inshootlar va yer uchastkalariga bo’lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to’g’risidagi shartnomalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish.

 

Ob-havo

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyat Norin tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.norin.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.