Янгиликлар

Норин туманида қурт боқиш мавсумига тайёргарлик ишлари қизғин бошланди.
27.03.2024
Кумуш тола ҳосили учун илк қадам Норин туманида қурт боқиш мавсумига тайёргарлик ишлари қизғин бошланди. Бугун Норин туман "Агропилла" масъулияти чекланган жамиятида "2024 йил баҳорги ипак қурти боқиш мавсумига тайёргарлик кўриш, уни парваришлашда янгича инновацион технологияларни кенг жорий этиш, бу борада Норин тажрибасини тарғиб қилиш" мавзуида вилоят кўргазмали семинари бўлиб ўтди. Унда Бош вазир ўринбосари Зулайхо Маҳкамова бошчилигидаги ишчи гуруҳи аъзолари, вилоятдаги масъул ташкилотлар раҳбарлари ҳамда ипак қурти боқувчи масъуллар иштирок этдилар. Семинарда дастлаб ҳудудда «Яшил макон» лойиҳаси доирасида йиғилганлар иштирокида 1000 тупдан зиёд тут кўчатлари экилди. Норин тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Ишонч телефонлар

Сўровнома

Интинтерактив давлат хизматлардан фойдаланишдан мақсадингиз?

MA'LUMOT

 

10.01.2022 yil                                                                       Norin tumani

 

Norin tuman adliya bo‘limiga 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

  • Bo‘limga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Jumladan, tuman adliya bo‘limiga 2022 yil davomida jami 262 ta (shundan 262 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 3 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.

 

         Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

 

         Kelib tushgan murojaatlarning 259 tasi hal etilib, shundan 203 ta murojaat (78,3%) qanoatlantirildi, 56 tasiga huquqiy tushuntirish (21,7%), 3 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.

         Xususan, Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 78,3 foizi (203 ta) vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli qanoatlantirildi.

Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 15 ta taqdimnoma, sudlarga 645 841000 so‘mlik 92 ta da'vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta'sir choralari natijasida 645 841000 so‘m pul mablag‘lari qaytarildi.

  • Bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Bo‘lim xodimlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallariga asosan hisobot davrida tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida jumladan, Sho`rariq, O`zbekiston, Toshloiq, To`lqin, Bo`ritepa, Yaydoq, Yangi Tong, Katta O`lmas, Yettiqashqa, Navoiy, Tegirmonboshi, Rovot, Qozoqovul, Do`mar, Bo`ston, Bobur, Shaxidmazor, Nayman, Xo`jabod, Nurziyo, Qo`rg`oncha, Qurama mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor qabullar tashkil etilib, jismoniy va yuridik shaxslardan jami 63 ta (inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 63) ta murojaatlar kelib tushdi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 61 tasi hal etilib, shundan 30 ta murojaat (50 %) qanoatlantirildi,  30 tasiga (50%)huquqiy tushuntirish, 3 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.

III. Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlili:

  • Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 262 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 259 tasi (98,8 %) hal etilgan, 203 tasi (77,4%) qanoatlantirilib, 56 tasiga (21,5%) huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi (1,1%) tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 15 ta taqdimnoma, sudlarga 645 841000 so‘mlik 92 ta da'vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta'sir choralari natijasida 645 841000 so‘m pul mablag‘lari qaytarildi.

Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni quyidagi sohalarda ularning ko‘pligini ko‘rsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 131 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 14 ta;

- uy-joyga doir 3 ta;

- komunal to`lovlarga doir 2 ta;

-boshqa masalalar yuzasidan 109 ta.

 

Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng ko‘p kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

 

 

Bo‘limi boshlig‘i                   

Фото галерея

Видео галерея