Kichik korxona va mikrofirmalar diqqatiga! Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2021 yil uchun 1-kb (yillik) statistika hisobotini ESTAT 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali 2022- yilning 25- fevralidan (xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun 25- martdan) kechiktirmay elektron ko‘rinishda taqdim etish belgilangan. Shu munosabat bilan, 1-kb yillik hisobotini o‘z vaqtida taqdim etishingizni so‘raymiz.O‘z navbatida hisobot taqdim etish tartibini buzish ma’muriy chora ko’rilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.