Ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra fuqarolar tomonidan 61 566 ta ovozlar berilganligi va ovoz berish yakunlariga koʻra, jami 16 220 mln soʻmlik 12 ta loyihalar gʻolib deb topilgan.
-Shundan 11 ta loyihalar tumandagi ichki ko'chalarini asfaltlash ishlaridan iborat. -Shuningdek, 1 ta loyiha tuman Sport maktabiga qarashli Markaziy Shodlik stadionini yugirish yo'lakchasini ta'mirlash bilan bog'liq. -Hozirda Qurilish taʼmirlash bilan bogʻliq loyihalardan 9 ta MFYlarda ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi va qolgan 3 ta loyihalar qurilish taʼmirlash ishlarini bajarish uchun “SHAFFOF” dasturiga tanlovga qoʻyildi.
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumini 1-bosqichi yaʼni fuqarolar tomonidan “Open budget” axborot portali orqali takliflar joylashga joriy yilning 6 iyul kuni start berildi.
-Bunda tumanimiz fuqarolari tomonidan oʻz hududlaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan takliflarni joriy yilning 26 iyul kunigacha “Open budget” axborot portali orqali takliflarni joylashlari mumkin.
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumi tuman mahalliy byudjet parametrlarida koʻzda tutilgan 10 mlrd 631 mln soʻm mablagʻ ajratildi.
-Bugungi kunga fuqarolar tomonidan 143 ta takliflar “Open budget” axborot portali kelib tushdi.
Tumanimiz fuqarolariga oʻz takliflari bilan Tashabbusli byudjetning 2-mavsumida faol ishtirok etishlarini soʻrab qolamiz.
Norin tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi






