2024 yil 30 avgustdagi OʻRQ-952-son Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi.
Hujjat bilan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida”i qonunlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” unvoni biznesning yangi, yuqori daromadli yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va boshqalarda munosib hissa qoʻshib kelayotgan ilgʻor va tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlariga va ta’sischilariga beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 30 avgustdan kuchga kirdi.
Norin tumani Adliya bo‘limi
Yuridik markaz raxbari A.Xamdamov






