Prezident tomonidan 07.09.2024 yildagi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-312-son qaror imzolandi
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etilmoqda:
- bir loyiha doirasida 300 mln so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 mln so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya)mablag‘lari hisobidan, 200 mln so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — mikrokredit beruvchilar) o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish;
- garovsiz ajratilgan 100 mln so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
- mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish.
Dastur doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar:
- barcha mikrokredit beruvchilar tomonidan kamida 1 yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi. Bunda boshqa talablar va mezonlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- 2024 yil 1 noyabrdan boshlab kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
- 5-toifa uchun — 12,5 %;
- 4-toifa uchun — 13,5 %;
- 3-toifa uchun — 14,5 %;
- 2-toifa uchun — 17 %;
- 1-toifa uchun — 18 %;
- Yillik stavkasi 24 %dan oshganda yoki 1–3-toifadagi tumanda (shaharda) savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan bog‘liq loyihalar uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga ajratilganda, Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilmaydi va ular bo‘yicha portfel kafilligi taqdim etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.09.2024 yildan kuchga kirdi.
|
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
J.Mamadaliyev |






