Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (13.10.2022 yildagi 592-son)ga asosan:
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
- pensiyaning tayanch miqdoridan;
- ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
- pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
Shuningdek:
- Ishlamaydigan pensionerlarga faxriy unvonlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
- 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha to‘lov qo‘shiladi.
- Pensiya miqdorini hisoblashda oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi.
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Mamadaliyev






