O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori ( 21.12.2004 yildagi 595-son) ga asosan
Quyidagilar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotini olishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishlari lozim.
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag‘lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlaridan, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar olinmaydi.
Norin tumani Adliya bo‘limi Yuridik markaz raxbari A.Xamdamov






