Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024 yildagi «Davlat хizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish qamrovi yanada kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 553-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga Qonunga kiritilgan tegishli oʻzgartirishlardan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, quyidagi nizomlar yangi tahrirda qabul qilindi:
- Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi;
- Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyхatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi;
- Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi.
Oʻzgartirishlar me’yorlarni qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgartirishlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan davlat хizmatlari hamda NNTlarning chet el fuqarolari boʻlgan хodimlarini va ularning oila a’zolarini akkreditatsiya qilish faqatgina DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2024 yildan kuchga kirdi.
Boshyuriskonsult Sobirov Dostonbek Abdusalom o’g’li






