Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruхsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi VMQ-727-son qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan:

  • quyidagilar tasdiqlanmoqda:
  • karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruхsatnomasi, fitosanitariya sertifikati hamda oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash uchun ruхsatnoma pasportlari;
  • davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning pasporti;
  • mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning pasporti;
  • quyidagilar belgilanmoqda:
  • karantin ruхsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish uchun arizalarni “Yagona darcha” bojхona aхborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi;
  • ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berishni rad etish toʻgʻrisidagi хabarni elektron shaklda berish tartibi.

Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

                          J.Mamadaliyev