O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5852-son farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Mamalakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 20-yanvardai 34-son qarori, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2024-yil 7-fevraldagi 05-19-01-178-sonli “Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarini davlat ekspertizasidan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasining yig’ilish bayoni” ijrosini taminlash maqsadida tuman komissiyasi bergan xulosasiga asosan tumandagi 2 ta Istirohat bog’ini tasdiqlash to’g’risidagi taklifini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari Norin tumani Kengashi

                                            QAROR QILADI:

  • O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2024-yil 7-fevraldagi 05-19-01-178-sonli “Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarini davlar ekspertizasidan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasining yig’ilish bayoni ” ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  • Tumandagi istirohat bog’lari nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  • Tuman statistika bo’limi (Z. Imomov), tuman kadastr agentligi (A.Mirzaahmedov), tuman qurulish bo’limi boshlig’i (M.Tursunov) boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda nomlari ilovada ko’rsatilgan geografik ob’yektlarni belgilangan tartibda davlar ro’yxatidan o’tkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish xujjatlariga o’zgartirishlar kiritish bilan bog’liq barcha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
  • Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  • Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi (N.Holmirzayeva) zimmasiga yuklansin.

 

Т/r

Geografik ob’ektning turi

Geografik ob’ektning amaldagi nomi

 

Geografik ob’ektning joylashgan o’rni

Tuman komissiyasi tomonidan berilgan taklif

1

Istirohat bog’i

      Nomsiz

O’zbekiston mahallasi

Nuroniy

2

Istirohat bog’i

Nomsiz

Katta Yaydoq mahallasi

Yoshlar