2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, 1-5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn  ro‘yxatga olish o‘tkazildi.

 Mazkur 4 ta hududning onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan aholisini 11-25- noyabr kunlari ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurib, qog‘oz va planshet orqali savolnomalarni to‘ldirib boradi.

Bu sinov jarayonlari respublikamizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Axolimizni to'liq ro'yxatga olish Butun o'zbekiston yurtimiz bo'ylab 2023 yilda 1-25-noyabr oyi oralig'ida o'tkaziladi.