Янгиликлар
Siz faoliyat koʼrsatayotgan mahalla fuqarolar yigʼini tomonidan belgilangan 2-DX shakli (dehqon va tomorqa xoʼjaliklari faoliyati toʼgʼrisida) hisobotining 1-iyul holatiga oʼz muddatida eStat-4 orqali elektron tarzda taqdim etishingizning soʼraymiz. eStat-4 avtomatlashtirilgan axborot tizimida mavjud boʼlgan statistika hisobotlarining elektron shaklini (namunasini) Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasining www.hisobot.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Eslatma!!! Mansabdor shaxslarning statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʼlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʼrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab boʼladi.
Norin tuman statistika boʼlimi
Sizga ma’lumki, statistika soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlar, jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnalogiyalaridan foydalangan xolda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish jarayonlarini takomillashtirish yo‘lidagi sa’y-xarakatlar , kichik biznes sub’ektlari uchun qator qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda.
Shu bilan birgalikda, yurtimizda ishbilarmonlik muxitini tubdan yaxshilashga karatilgan meyoriy xujjatlarni mazmun-moxiyatini xamda statistik xisobotlarini elektron shaklda topshirishning afzalliklarini tadbirkorlik subektlariga keng ko‘lamda tushuntirish maqsadida Norin tuman statistika bo‘limida xar oyning birinchi va uchinchi juma kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilgan. Ushbu “Ochiq eshiklar kuni” davomida siz o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga to‘liqligicha javob olishingiz mumkun bo‘libgina qolmay, statistik xisobotlarni elektron shaklda jo‘natish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar echimini xam topishingiz mumkin.
Norin tuman statistika bo‘limi Tel: 61 23 190
Pudrat qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (davlat statistika organlari tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha)
12- narx (qurilish) shakli xarid qilingan asosiy qurilish materiallari,qismlar va konstrutsiyalar narxlari to‘g‘risidagi hisobotni
hisobot davridan keyingi oyning 17 sanasidan kechiktirmay elektron shaklda internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi Hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim taqdim etishingiz so‘raladi.
Norin tuman statistika bo‘limi tel: 61-23-190
Sanoat faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari (davlat statistika organlari tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha) 12- narx (sanoat) shakli ishlab chiqaruvchilarning sanoat tovarlari to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay elektron shaklda internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi Hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim taqdim etishingiz so‘raladi.
Norin tuman statistika bo‘limi tel: 61-23-190
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar (O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha) 12-moliya shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi statistik xisobotini hisobot davridan keyingi oyning 18 sanasidan kechiktirmay elektron shaklda internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi Hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim taqdim etishingiz so‘raladi.
Norin tuman statistika bo‘limi tel: 61-23-190






