MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOT RAXBARLARI VA  XISOBCHILARI DIKKATIGA!

   Maktabgacha ta’lim tashkiloti umumta’lim muassasalari,boshqa idoralarning umumta’lim muassasalari, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar litsenziya asosida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar davlat statistika organlariga 1-maktabgacha ta’lim shakli statistik xisobotini joriy yilning 16 yanvar sanasidan kechiktirmay internet tarmog‘i vositasida,  davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish  avtomatlashtirilgan tizimi   Hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim taqdim etishingiz so‘raladi.

Norin tuman statistika bo‘limi         tel: 61-23-190

Амалий семинар

Норин туман Юқори Чўжа маҳалла фуқаролар йиғини биносида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 18-июндаги “Фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органлари фаолиятини янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 380-сонли қарори ижросини таъминлаш мақсадида амалий семинар ташкил этилди.

Семинарда фуқаролар йиғинларида иш юритишни ташкил этиш, фуқаролар йиғини кенгаши, фуқаролар йиғини фаолиятининг асосий йўналишлари бўйича комиссиялар ва тафтиш комиссияси, фуқаролар йиғини ҳузуридаги жамоатчилик тузилмалари, Маҳалла раиси, ҳоким ёрдамчиси, ёшлар етакчиси, хотин- қизлар фаоли, профилактика инспекторлари билан ҳамкорлик масалалари кўрсатиб берилди.

Мазкур семинарда туман ҳокими Жўрабек Нурматов ва сектор раҳбарлари бешлик вакилларига тавсия ва таклифларини бердилар.

Шунингдек, семинарда тумандаги 3-сектор ҳудудига қарашли маҳалла раиси, ҳоким ёрдамчиси, ёшлар етакчиси, хотин- қизлар фаоли, профилактика инспекторлари иштирок этди.

 

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 29 trln. 045,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,2 % ga o‘sdi.

 

YAHM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga narxlarga nisbatan 113,5 % ni tashkil qildi.

 

Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 9 mln. 828,7 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4,9 % ga yuqoridir.

 

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,6 % ga yetdi.

         TUMANDAGI  TASHKILOT RAHBARLARI VA HISOBCHILARI DIQQATIGA!

 

Norin tumani statistika bo‘limi tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida har oyning 1-3 juma kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tushuntirish ishlari va seminarlar o‘tkazish tashkil qilingan. Bunga ko‘ra barcha hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlari hisobotlar va yangi eStat 4.0 dasturi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishlari mumkin.

 

Norin tuman statistika bo‘limi         tel: 61-23-190

 

QURILISH KORXONA RAXBARLARI  , XISOBCHILARI  DIKKATIGA!

     

         Pudrat qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (davlat statistika organlari tomonidan belgilangan  ro‘yxat bo‘yicha) 

12- narx (qurilish) shakli  xarid qilingan asosiy qurilish materiallari,qismlar va konstrutsiyalar narxlari to‘g‘risidagi hisobotni

 hisobot davridan keyingi oyning  17  sanasidan kechiktirmay elektron shaklda internet tarmog‘i vositasida,  davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish  avtomatlashtirilgan tizimi   Hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim taqdim etishingiz so‘raladi.

             

Norin tuman statistika bo‘limi         tel: 61-23-190