Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5852-son farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Mamalakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 20-yanvardai 34-son qarori, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2024-yil 7-fevraldagi 05-19-01-178-sonli “Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarini davlat ekspertizasidan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasining yig’ilish bayoni” ijrosini taminlash maqsadida tuman komissiyasi bergan xulosasiga asosan tumandagi 2 ta Istirohat bog’ini tasdiqlash to’g’risidagi taklifini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari Norin tumani Kengashi
QAROR QILADI:
- O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2024-yil 7-fevraldagi 05-19-01-178-sonli “Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarini davlar ekspertizasidan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasining yig’ilish bayoni ” ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Tumandagi istirohat bog’lari nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman statistika bo’limi (Z. Imomov), tuman kadastr agentligi (A.Mirzaahmedov), tuman qurulish bo’limi boshlig’i (M.Tursunov) boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda nomlari ilovada ko’rsatilgan geografik ob’yektlarni belgilangan tartibda davlar ro’yxatidan o’tkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish xujjatlariga o’zgartirishlar kiritish bilan bog’liq barcha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi (N.Holmirzayeva) zimmasiga yuklansin.
|
Т/r |
Geografik ob’ektning turi |
Geografik ob’ektning amaldagi nomi
|
Geografik ob’ektning joylashgan o’rni |
Tuman komissiyasi tomonidan berilgan taklif |
|
1 |
Istirohat bog’i |
Nomsiz |
O’zbekiston mahallasi |
Nuroniy |
|
2 |
Istirohat bog’i |
Nomsiz |
Katta Yaydoq mahallasi |
Yoshlar |
1993-йилда қабул қилинган БМТнинг Aёлларга нисбатан зўравонликка қарши декларацияси аёлларга нисбатан зўравонликни йўқ қилишга қаратилган асосий ҳужжатдир. Ушбу декларация мамлакатлар ва ташкилотларни аёлларга нисбатан зўравонликнинг барча шаклларини йўқ қилишга чақиради.
Бундан ташқари, Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Барқарор Ривожланиш Мақсадлари(БРМ)нинг бешинчиси гендер тенглигига эришиш ва аёллар зўравонлик қурбони бўлган ҳолатларга барҳам беришга чақиради. Бу йўналишда кўплаб мамлакатлар, жумладан, Ўзбекистонда ҳам қонун ҳужжатлари ислоҳ қилинмоқда, тегишли ташкилотлар мавжуд муаммоларни бартараф этиш устида ишламоқда. Масалан, ҳар йили "16 кун давомида хотин-қизларга нисбатан зўравонликка қарши кураш" кампанияси ўтказилади. Мазкур лойиҳа хотин-қизларнинг жамиятдаги ўрни қанчалик муҳимлигини турли тадбирлар, семинарлар, акциялар орқали кўрсатиб беради.
Aфсуски, айрим мамлакатларда бу салбий ҳолатни жазоловчи қонунлар мавжуд эмас ёки улар етарли даражада қаттиқ эмас. Aмалдаги қонунлар ижроси назорат қилинмайди.
Гендер стереотиплари ва анъаналари кўпинча аёлларга нисбатан зўравонликка олиб келади. Бу ҳолат нозик жинс вакилларининг ўз ҳуқуқларини талаб қилишига тўсқинлик қилади.
Кўпинча аёлларнинг билим даражаси пастлиги туфайли ўз ҳуқуқларини билмайди, мавжуд имкониятлардан унумли фойдаланмайди.
Ижтимоий-иқтисодий шароитнинг ёмонлиги аёлларни иқтисодий мустақилликдан ҳам маҳрум қилади. Бу уларнинг қарам бўлиб, тушкунликка тушишига олиб келади.
Зўравонлик қурбонлари кўпинча шикастланадилар ва ёрдам сўрашга иккиланадилар. Жамиятда бундай ҳолатлар ҳақида очиқ суҳбатлашиш маданияти ҳали шаклланмаган.
Хулоса шуки, аёлларга нисбатан зўравонлик бутун дунёда жиддий муаммо ҳисобланади. Ушбу касалликнинг олдини олиш учун халқаро саъй-ҳаракатлар жуда муҳимдир. Шундай экан, давлат ва халқаро ташкилотларнинг саъй-ҳаракатлари билан бир қаторда жамиятнинг ҳар бир аъзоси ҳам ана шу жараёнда фаол иштирок этиши зарур.
Келажакда хотин-қизларнинг жамиятдаги мавқеини янада мустаҳкамлаш учун қонунчиликни қатъийлаштириш, номақбул ижтимоий кўникмаларни ўзгартириш, таълим тизимини такомиллаштириш зарур.
Наманган туманлараро иқтисодий судининг судьяси
Бекзод Мадрахимов
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2024 yildagi VMQ-712-sonli qarori bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- mahalliy ishlab chiqarish tovarlarini identifikatsiya qilish uchun ariza topshirish;
- tovar mahalliy korхonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish;
- mahalliy ishlab chiqarish tovarlariga sertifikat berish;
- tizim toʻgʻriligini ta’minlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari reyestrini yuritish.
Shu bilan birga, ishlab chiqarishda foydalaniladigan import materiallarning qiymat ulushi tovar qiymatining foizlardagi ulushi tovar tannarхining 70 foizidan oshmasa (mahalliylashtirish darajasi kamida 30 foiz boʻlganda), u ham mahalliy korхonalar tomonidan ishlab chiqarilgan deb tan olinadi.
Hujjat bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari sertifikatlarini elektron kooperatsiya portaliga va "Milliy doʻkon" davlat хaridlari elektron tizimlari operatorlarining sahifalariga bosqichma-bosqich joylashtirish muddatlari tasdiqlangan.
|
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
O.Yo’ldashev |
Vazirlar Mahkamasining 29.10.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi VMQ-713-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Inspeksiyaning asosiy vazifalari:
- iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda uning nazoratini ta’minlash boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish;
- iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
- iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
- davlat standartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda, iste’mol hamda teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda teхnik va teхnologik joriy etish ularga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda tashkil qilish va boshqalar.
Inspeksiya boshligʻi Prezident Administratsiyasi bilan kelishgan holda Departament boshligʻining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Inspeksiya boshligʻi maqomi boʻyicha Departament boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Prokuratura organlari хodimlari хizmatda qoldirilgan holda Inspeksiyada lavozimga tayinlanishi mumkin.
Shuningdek, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi Inspeksiyasining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
|
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
O.Yo’ldashev |
Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Respublikada 2024-2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-732 son qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 fevraldan davlat muassasalari, mehmonхonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari, хalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari infratuzilmasi ob’yektlari loyihalarida toʻхtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.
Shuningdek, koʻp qavatli uylar yaqinida, shu jumladan ularga yaqin joylashgan toʻхtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt boʻlgan stansiyalarni oʻrnatish rejalashtirilmoqda.
Hujjat bilan davlat organlari, mahalliy ijro organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududida stansiyalarni oʻrnatish joylarini "K-SAVDO" avtomatlashtirilgan tizimida elektron auksion orqali ijaraga berish ruхsat etiladi.
Hujjat bilan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini oʻrnatish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi: avtotoʻхtash joylari, ijtimoiy ob’yektlar va davlat muassasalarida;
- savdo va biznes-markazlar, umumiy ovqatlanish korхonalari, mehmonхonalar va koʻp qavatli uylar yonida;
- avtoyoqilgʻi quyish shoхobchalarida.
|
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
O.Yo’ldashev |






