(кичик корхоналар ва микрофирмалардан ташқари, Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитаси томонидан белгиланган рўйхат бўйича)

Cтатистика органларига (хар ойнинг якуни бўйича) тақдим этиладиган «Ташкилот фаолияти тўғрисида»ги 12-korxona shakli (ойлик) давлат статистика ҳисобот шаклини, ҳисобот давридан кейинги ойнинг 5-санасидан кечиктирмай, интернет тармоғи воситасида, электрон шаклдаги статистик ҳисоботларни йиғишнинг автоматлаштирилган ахборот тизими «еStat 4.0» дастури орқали, электрон рақамли имзодан фойдаланган ҳолда тақдим этишингиз сўралади.

Мазкур ҳисобот шаклини тўлдириш ва электрон шаклда тақдим этиш бўйича www.stat.uz;www.namstat.uzрасмий cайтлари ёки (69) 61-23-190 телефон рақамлари орқали батафсил тушунтиришлар олишингиз мумкин.

Norin tuman statistika bo'limi

 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, 1-5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn  ro‘yxatga olish o‘tkazildi.

 Mazkur 4 ta hududning onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan aholisini 11-25- noyabr kunlari ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurib, qog‘oz va planshet orqali savolnomalarni to‘ldirib boradi.

Bu sinov jarayonlari respublikamizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Axolimizni to'liq ro'yxatga olish Butun o'zbekiston yurtimiz bo'ylab 2023 yilda 1-25-noyabr oyi oralig'ida o'tkaziladi. 

Aholini ro‘yxatga olish — O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari:

Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish dasturi savollari:

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish natijasida shakllantirilgan yig‘ma statistik axborot aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlaridir.

aholi

demografik

Ro‘yxatga olish

Normativ hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi Qonuni

Сўровномалар асосий демографик кўрсаткичлар, аҳолининг механик ҳаракати, миграцияси, миллий хусусиятлари, фуқаролиги, таълим даражаси, уй хўжалиги аъзоларининг иқтисодий ҳолати, болалар сонига оид саволлардан иборат бўлади. Яшаб турган хонадонида рўйхатдан ўтишни истамаган респондентлар учун рўйхатга олиш сўровномаларини тўлдириш уларнинг ўзлари яшаб турган маҳаллаларда ташкил этиладиган инструкторлик участкаларида амалга оширилади. Респондентлар томонидан тақдим этилган шахсга доир маълумотларнинг махфийлиги ва уларнинг мазмуни ошкор этилмаслиги рўйхатга олувчи томонидан кафолатланади.

Иккинчи усулда респондентларга қулайлик яратиш мақсадида интернет жаҳон ахборот тармоғи орқали рўйхатдан ўтиш имконияти яратилади. Бунда сўровномалар аҳолининг ўзи томонидан махсус дастур орқали тўлдирилиб, белгиланган электрон манзилга жўнатилади.

— Аҳолини рўйхатга олишнинг бирламчи маълумотлари ҳудудий статистика бошқармалари ҳузурида ташкил этиладиган марказларда махсус дастурий таъминот асосида 2024 йил 1 январдан 31 декабрга қадар операторлар томонидан электрон базага киритилади. Рўйхатга олувчи ходимлар томонидан тайёрланган йиғма рўйхатлар натижалари асосида шаҳар ва қишлоқлар, шу жумладан, эркаклар ва аёллар бўйича аҳоли сони тўғрисидаги дастлабки маълумотлар эса 2024 йил 1 мартга қадар тайёрланади. Аҳолини рўйхатга олишнинг электрон маълумотлар базаси 2025 йил 1 декабргача таҳлил этилади ва якуний маълумотлар республика ҳамда ҳудудлар бўйича шакллантирилиб, расман эълон қилинади.

Мазкур вазифаларнинг бари тизимли тарзда амалга оширилгани ҳолда, рўйхатга олиш орқали республика аҳолиси ва унинг фаровонлиги тўғрисида ишончли маълумотлар тўпланади. Улар аҳоли сони, таркиби ва тақсимланиши бўйича тўлиқ базани шакллантириш билан бирга, Миллий ривожланиш стратегияларини ишлаб чиқиш, уларда фойдаланиладиган демографик ўзгаришлар тенденциялари, меҳнат ресурслари жойлашуви ҳамда илмий тадқиқотлар олиб боришда қўл келади.

Sizlarga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.Aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish ikki xil usulda, yaʼni 1-5-noyabr kunlari Internet tarmogʻi orqali va 11-22-noyabr kunlari qogʻoz shaklida roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda amalga oshiriladi.Internet tarmogʻi orqali aholini roʻyxatga olish uchun maxsus axborot tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur axborot tizimida sinov oʻtkazilishi belgilangan hududlar aholisi uchungina emas, balki, respublikamizning barcha hududlarida yashovchi va boshqa davlatlarda vaqtincha boʻlib turgan fuqarolar uchun ham tizimga kirib, roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratilgan.Sinov tariqasida Internet tarmogʻi orqali aholini roʻyxatga olish natijasida ushbu axborot tizimining ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari koʻriladi hamda 2023- yilda respublikamizning barcha hududlarida oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olish davriga qadar foydalanuvchilar uchun yanada qulay holga keltiriladi.Hurmatli fuqarolar!Shu munosabat bilan, Sizlardan 1–5-noyabr kunlari ushbu axborot tizimiga (census.stat.uz) kirgan holda roʻyxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishingizni soʻraymiz!Unutmang, Sizning ishtirokingiz mamlakatimizning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi!