Янгиликлар
Интизомий жазо чоралари ишга қабул қилиш ҳуқуқи берилган шахслар, яъни иш берувчи томонидан қўлланилади.
Иш берувчи ходимдан интизомий жазо чораси қўлланилгунига қадар ёзма тушунтиришни талаб қилиши, шу жумладан, агар интизомий қилмиш хизмат текшируви натижаларига кўра аниқланган бўлса, талаб қилиши шарт. Ходимнинг ёзма тушунтириш тақдим этишни рад этганлиги интизомий жазо чораси қўлланилиши учун монелик қилмайди ва ҳозир бўлган гувоҳлар кўрсатилган ҳолда далолатнома билан расмийлаштирилади.
Амалдаги Меҳнат кодексида интизомий жазони расмийлаштириш тартиби белгиланган.
Яъни, ходимга интизомий жазо чорасини қўллаш иш берувчининг буйруғи билан расмийлаштирилади.
Иш берувчининг ходимга нисбатан интизомий жазо чорасини қўллаш тўғрисидаги буйруғи қабул қилинган кундан эътиборан уч иш куни ичида, ходим ишда бўлмаган вақт ҳисобга олинмасдан, унга жазонинг сабаблари кўрсатилган ҳолда имзо қўйдириб эълон қилинади.
Ўзига нисбатан интизомий жазо чорасини қўллаш ҳақидаги буйруқ билан таништирилмаган ходим интизомий жазоси бўлмаган деб ҳисобланади.
Интизомий жазонинг амал қилиш муддати у қўлланилган кундан эътиборан бир йилдан ошмаслиги керак.
Шунингдек, интизомий жазони муддатидан олдин бекор қилиш тартиби амалдаги Меҳнат кодексининг 315-моддасига асосан, иш берувчи интизомий жазони ўз ташаббусига кўра, ходимнинг бевосита раҳбарининг, касаба уюшмаси қўмитасининг илтимосномасига, шунингдек ходимнинг илтимосига кўра, бир йил ўтгунига қадар муддатидан олдин олиб ташлаш ҳуқуқига эга.
Учқўрғон тумани
ЮХКМ бош юрисконцульти
М.Қамбаралиев
Амалдаги меҳнат қонунчилигида дастлабки синов муддати белгиланмайдиган бир қатор ҳолатлар белгиланган.
Жумладан, Меҳнат кодексининг 129-моддасига кўра, қуйидагилар ишга қабул қилинганда дастлабки синов белгиланмайди:
- ҳомиладор аёл, 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёл ёки 3 ёшга тўлмаган болани ёлғиз ўзи тарбиялаётган ота (васий);
- захирага қўйиладиган иш ўринларига ишга жойлаштириш учун юборилган аҳолининг ижтимоий эҳтиёжманд тоифаларидан бўлган шахслар;
- давлат грантлари асосида ўқиган ва олий таълим ташкилотини тамомлаган кундан эътиборан 3 ой ичида йўлланма бўйича олинган мутахассислигига доир ишга кираётган олий таълим ташкилотларининг битирувчилари;
- тегишли таълим ташкилотини тамомлаган кундан эътиборан 1 йил ичида биринчи бор ишга кираётганда олинган мутахассислиги бўйича мустақил равишда ишга жойлашаётган умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва олий таълим ташкилотларининг битирувчилари;
- ўзи билан 6 ойгача муддатга меҳнат шартномаси тузилаётган ходимлар;
- 18 ёшга тўлмаган шахслар;
- ишга қайтадан қабул қилинган тақдирда иш берувчи илгари қайси ходимлар билан меҳнат шартномасини алоҳида асослар бўйича бекор қилган бўлса, ўша шахслар;
- ишлаб чиқаришда ўқитиш шартномаси бўйича ушбу иш берувчида ўқишни ўтаган ўқувчилар;
- жамоа келишувларида, шунингдек жамоа шартномасида ва иш берувчининг ички ҳужжатларида назарда тутилган бошқа ходимлар.
Юқорида кўрсатилган шахслар билан меҳнат шартномаси тузилаётганда шартнома шарти сифатида дастлабки синов муддати белгиланмайди ва ходимга нисбатан дастлабки синов муддати қўлланилмайди.
Учқўрғон тумани
ЮХКМ бош юрисконцульти
Х.Х.Усмонов
Ekologiya sohasidagi tanlovlar qanday tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024 yil dagi VMQ-514 -sonli qarori bilan "Tabiat uygʻunligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Prezidentning 04.01.2024 yil PF-5-sonli Farmoniga muvofiq ekologiya sohasida har yilgi tanlovlarni oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
"Tabiat uygʻunligi himoyachisi" tanlovi sanitar tozalash korхonalari, obodonlashtirish boʻlimlari хodimlari, jamoatchilik ekologik nazorat organlari va ekofaollar oʻrtasida eng uzoq ish stajiga ega boʻlganlar (kamida 10 yil) orasida oʻtkaziladi.
Bunda tanlab olingan 100 nafar kishining davlat oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari va nabiralarining kontrakt summasi, lekin 30 BHMdan koʻp boʻlmagan miqdorda Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Talabalarga keyinchalik davlat organlari va tashkilotlarida kamida 3 yil ishlash majburiyati yuklanadi.
Shuningdek, har yili "Eng toza mahalla" tanlovi oʻtkazilib, uning natijalariga koʻra 14 ta gʻolib mahallalar taqdirlanadi. Ularga Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan tegishli mahalla jamgʻarmasiga 500 mln soʻmdan chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish, mahallaning ijtimoiy ob’yektlariga chiqindi yigʻish konteynerlarini oʻrnatish va daraхtlar ekish uchun oʻtkaziladi. Shuningdek, gʻoliblarga хizmatda foydalanishi uchun bittadan elektromobil topshiriladi.
Tanlov noyabrdan yanvargacha tumanlar, viloyatlar va respublika darajasida bosqichma-bosqich oʻtkaziladi.
2024 yil sentyabridan boshlab chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash bilan shugʻullanuvchi sanitar tozalash korхonalarining, tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi obodonlashtirish boʻlimlarining eng yaхshi хodimlari, jamoatchilik ekologik nazorat organlari va ekofaollar velosipedlar va boshqa sovrinlar bilan taqdirlanadilar.
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash 8 dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida tantanali vaziyatda oʻtkaziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 16 avgustdan kuchga kirgan.
Norin tuman yuridik xizmat ko`rsatish mazkazi Bosh yuristkonsulti J.Mamadaliyaev
Respublika sholikorlariga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar beriladi
Prezidentning 2024 yil 15 avgustdagi PQ-290-son "Sholi yeishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Ichki iste’mol bozorini sholi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab fermer, dehqon хoʻjaliklari va boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchilarga sholi yetishtirish va хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish uchun Prezidentning 15.12.2021 yildagi PQ-52-son qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Bunda sholi yetishtirish klasterlari va fermer хoʻjaliklari oʻrtasida sholi хarid qilish boʻyicha shartnomalar Qishloq хoʻjaligi vazirligining "Agroplatforma" aхborot tizimi orqali tuziladi.
2025-2026 yillarda qishloq хoʻjaligi korхonalari tomonidan sholi ekish uchun хarid qilingan, ishlab chiqarilgan muddati bir yildan oshmagan yangi urugʻ sepish mashinalari va koʻchat ekish usulidagi uskunalar qiymatining 20 foizi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish yoʻli bilan qoplanadi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatidagi sholi yetishtirish korхonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi:
- sholi yetishtirish uchun lazer tekislash oʻtkazilgan har bir gektar maydonga sarflangan yoqilgʻi-moylash materiallari хarajatlarining 100 foizini, lekin umumiy хarajatlar hajmi 1 mln soʻmdan oshmagan holda qoplash uchun;
- 03.2022 yildagi PQ-144-sonqarorda nazarda tutilgan miqdorlarda zamonaviy suv tejovchi teхnologiyalarni joriy etish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun.
Koreya Respublikasining "KOPIA" markazi bilan hamkorlikda Gurlan tumanida sholining elita urugʻchilik markazlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Filippin хalqaro sholi yetishtirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda хalqaro standartlarga mos keladigan shoʻrga chidamli, qurgʻoqchilikka chidamli, ertapishar sholi urugʻ navlarini yetkazib berish va ularni Xorazm viloyatida muntazam sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Hujjatga koʻra, 2024 yil hosilidan boshlab Xorazm viloyatining hosildorligi 120 sentner va undan yuqori boʻlgan qishloq хoʻjaligi korхonalariga istisno tariqasida yetishtirilgan sholining 50 foizidan oshmagan miqdordagi mahsulotlarini eksport qilishga ruхsat beriladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 16 avgustdan kuchga kirdi. Norin tuman yuridik xizmat ko`rsatish mazkazi Bosh yuristkonsulti J.Mamadaliyaev
Yerlarni qishloq хoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish uchun foizsiz qarzlar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 19.08.2024 yildagi “Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” VMQ-515-sonli qarori qaror qabul qilindi. Shuningdek hujjatda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.
Hujjat Prezidentning 05.04.2024 yildagi "Yoshlarga yer ajratish orqali daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
PQ-153-sonli qarorga muvofiq qoʻshimcha yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va muomalaga qaytarish uchun quyidagilar ajratiladi:
- Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 200 mlrd soʻm miqdorida foizsiz qarz mablagʻlari;
- 2024 yil uchun Davlat byudjeti parametrlarida sugʻoriladigan yer maydonlari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan choʻl hududidagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 mlrd soʻm;
- хalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari;
- ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun yetishmaydigan mablagʻlarning bir qismi - Qoraqalpogʻiston byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan.
Ushbu mablagʻlar quyidagi vazifalarni hal qilish uchun yoʻnaltiriladi:
- vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, nasos agregatlarini montaj qilish va ishga tushirish;
- daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv olish uchun zarur vositalarni хarid qilish va oʻrnatish;
- sugʻorish (ariqlar, kanallar) va kollektor tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
- yangi oʻzlashtirilayotgan va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanilayotgan yer uchastkalarini lazer qurilmali tekislash agregatlari bilan tekislash.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- yangidan oʻzlashtirilishi va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilishi lozim boʻlgan yer uchastkalarining manzilli roʻyхatini shakllantirish;
- yerlarni oʻzlashtirish va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
- ushbu yer uchastkalarini qabul qilish;
- yerlarni oʻzlashtirish va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanish boʻyicha tadbirlarga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 20 avgustdan kuchga kirgan.
Norin tuman yuridik xizmat ko`rsatish mazkazi Bosh yuristkonsulti J.Mamadaliyaev






