Янгиликлар
Hozirgi paytda mamlakatda aholini ro‘yxatga olish xalqaro me’yorlar asosida o‘tkaziladi. Har 10 yilda o‘tkaziladigan bu tadbirda aholi an’anaviy: yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Ammo uy xo‘jaligi a’zolari va turar joy to‘g‘risidagi savollar batafsil – savollarning 34 guruhidan iboratdir. Polshaning 1999- yildagi Aholi ro‘yxati to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, mamlakat fuqarolari ro‘yxatga oluvchi hisobchini xonadoniga kiritib, uning savollariga javob berishi yoki so‘rovnoma varag‘ini o‘zi to‘ldirishi mumkin. Lekin, aholini ro‘yxatga olish tartib-qoidalaridan batafsil tanish bo‘lmagan fuqarolar uchun bu oson bo‘lmagan, sababi aholi ro‘yxatini o‘tkazish yo‘riqnomasi 200 varaqdan iborat bo‘lgan. Ularning Qonuniga muvofiq, Polshaning har bir fuqarosi so‘rovnoma savollariga to‘la va haqqoniy javob berishi shart. Ma’lumot berishdan bosh tortish uchun jarima to‘lanadi, yolg‘on ma’lumot berganlik uchun esa ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Aholining soni, yosh-jins tarkibi, hududiy joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik holatlaridagi o‘zgarishlar aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo‘lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni: Birinchi bosqichda (3 yilgacha bo‘lgan muddat) quyidagi ishlar amalga oshiriladi: aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish, o‘tkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiri dasturini, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi; aholini sinov asosida ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni tashkil etish, uning natijalarini tahlil qilish ishlari olib boriladi; har bir ro‘yxatga oluvchilarni o‘z hududi bo‘yicha xaritalar bilan ta’minlanadi; aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish va aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning tashkiliy rejasi tuziladi; har bir xonadon raqamlanishi va ko‘chalar nomlanishini amalga oshiriladi; zamonaviy xaritalash texnologiyalaridan foydalangan holda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, uning o‘tkazilishini nazorat qilish, yakuniy natijalarni olish va taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish orqali tadbir monitoring qilib boriladi; aholiga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va vazifalari axborot-tushuntirish ishlari orqali tanishtiriladi; ro‘yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni chop etilib, joylardagi mutaxassislarga etkaziladi; ro‘yxatga olish uchastkalarini bino, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash ishlari tashkil etiladi; ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi vaqtinchalik xodimlarni o‘qitilib, ular zaruriy vositalar bilan ta’minlanadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq boshqa ishlar olib boriladi. Ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davr) bevosita aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish tadbiri materiallari qayta ishlash uchun ixtisoslashgan tuzilmalarga taqdim etiladi. Uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davr) quyidagilar amalga oshiriladi: aholini ro‘yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiri materiallarini avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanadi;
birlamchi ma’lumotlarni kiritish, kodlashtirish, nazorat va tahrir qilish ishlari amalga oshiriladi; aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha dastlabki natijalar olinadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalarini e’lon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

#сайёр_қабул
Навбатдаги сайёр қабул "Тегирмонбоши" ҳамда "Мирсултончек" маҳалласида яшовчи фуқароларига бўлиб ўтди.
Аҳоли муаммоларини манзилли ўрганиш ва уларни қийнаб келаётган масалаларга ечим топиш мақсадида сайёр қабуллар ўтказилмоқда.
Сайёр қабулда фуқаролар томонидан келиб тушган ҳеч бир масала беэътибор қолдирилмади. Туман ҳокими Жўрабек Нурматов, тегишли идоралар ва муассасалар раҳбарлари иштирокида ўтган ушбу қабулда мурожаат этувчиларнинг шикоятлари, таклиф ва истаклари ўрганилиб, муаммолар ечимга келтирилди.
Қабулда фуқаролардан уй-жой, соғликни тиклаш, кўмир, йўл ва электр таъминотини яхшилаш каби масалалар бўйича мурожаатлар келиб тушди. Уларда билдирилган масалаларнинг аксарияти шу куннинг ўзида ижобий ҳал этилмоқда.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʻish aholini roʻyxatga olishning maqsadi hisoblanadi. Quyidagilar aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: aholi tarkibidagi global oʻzgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sogʻliqini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish; aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish; milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazish; aholini roʻyxatga olish davrlari oraligʻida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Aholiga yo‘naltirilgan savollar ro‘yxatidir. Dastur savollariga javoblarning jamlan-masi aholini ro‘yxatga olish ko‘zda tutgan aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkil etadi. Odatda aholini ro‘yxatga olish dasturining savollari ushbu maqsad uchun maxsus tayyorlangan, aholidan olingan javoblarni hisoblab chiqish usuliga bog‘liq ravishda shakli turlicha blanklarda qayd etiladi. Bu blanklar ro‘yxatli (ya’ni, bir necha kishiga mo‘ljallangan) yoki shaxsiy (bir kishiga mo‘ljallangan) bo‘lishi mumkin. Aholini ro‘yxatga olish dasturi muayyan qoidalar bo‘yicha va ko‘pchiligi har qanday sotsiologik tadqiqotlarga odatiy bo‘lgan muayyan talablar hisobga olingan holda tuziladi. Dasturdagi savollarning bir qismi aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demog-rafik xususiyatlari tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aniqlash uchun avvalgi aholini ro‘yxatga olishda qayd etilganlarga mazmuni va tahriri bo‘yicha aniq mos bo‘lishi maqsadga muvofiq (lekin, shart emas). Shu bilan birga, aholiga oid xalqaro ma’lumotlar kabi ma’lumotlarni olish uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha xalqaro tavsiyalarni ham hisobga olish lozim. Xalqaro tavsiyalarga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish dasturiga kiritilgan savollar respondentlar (ya’ni, so‘ralayotgan shaxslar) ularga to‘g‘ri javob bera olishlari hisobga olingan holda tuzilishi kerak. Boshqacha aytganda, savollar so‘ralayotganlarning aksariyat ko‘pchiligi uchun murakkab bo‘lmasligi va aholini ro‘yxatga olish tadbirini barbod qilmaslik uchun ularda qo‘rqinch uyg‘otmasligi lozim. Shu bilan bir qatorda savollar aholi savodxonligining umumiy darajasi, milliy xususiyatlar, shu jumladan, urf-odatlarni ham hisobga olgan bo‘lishi kerak.