Joriy yilning 20 avgust kuni oʻtkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan 12 mingta murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqqan holda quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyxati;
  • Amaliy tadbirlar rejasi.

 

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq 2024 yil 1 noyabrdan boshlab davlat dasturlari asosida kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb etiladi. Ularga oʻz resurslari hisobidan (Prezidentning 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-son qarori asosida amalga oshirilayotgan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 100 mln soʻmgacha miqdorda ajratiladigan) garovsiz mikrokreditlar miqdorini 300 mln soʻmgacha oshirishga ruxsat etiladi.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab elektron onlayn-auksion savdolarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani QQSdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

2024 yil 1 noyabrga qadar tadbirkorlik sub’yektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga

shartnomaviy limitlar oshirilishi va shartnomaviy limitlardan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qoʻshimcha toʻlov kamida 10 baravarga kamaytirilishi lozim.

 

Shuningdek, eksport operatsiyalari boʻyicha QQS summalari oʻrnini qoplashda quyidagilar belgilandi:

  • soliq toʻlovchilardan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;
  • bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona  chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisida taqdim etiladigan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos boʻladi.

 

Farmon bilan 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi, 2025 yil 1 yanvardan boshlab – umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga 2028 yil 1 yanvarga qadar har oyning 25-sanasiga qadar toʻlangan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

  • umumiy ovqatlanish korxonalariga, agar ularning oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz shakldagi (toʻlov terminallari yoki mobil toʻlovlar orqali) qismi:
  • 60 foizdan ortiq boʻlsa – byudjetga toʻlangan QQS summasining 40 foizi miqdorida;
  • 60 foizdan kam boʻlsa – toʻlangan QQS summasining 20 foizi miqdorida;
  • turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga – toʻlangan QQSning 20 foizi miqdorida.

 

2024 yil 1 noyabrdan boshlab ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy etiladi, 2025 yil 1 yanvardan boshlab esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini toʻxtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 30 avgustdan kuchga kirdi.

 

Norin tumani Adliya bo‘limi

Yuridik markaz raxbari A.Xamdamov

 

2024 yil 30 avgustdagi OʻRQ-952-son Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi.

 

Hujjat bilan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida”i qonunlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” unvoni biznesning yangi, yuqori daromadli yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va boshqalarda munosib hissa qoʻshib kelayotgan ilgʻor va tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlariga va ta’sischilariga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 30 avgustdan kuchga kirdi.

Norin tumani Adliya bo‘limi

Yuridik markaz raxbari A.Xamdamov

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan1.Norin tumani hokimining 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Norin tumanidagi Xalq qabulxonasining “Tumanda aholi muammolarini anqlash va hal etilishi borasidagi ishlar hamda mahallabay ishlashda hokim yordamchilari faoliyatida yo‘l qo‘yib kelinayotgan xato va kamchiliklar, ularni bartarf etish choralari haqidagi ahborot xati haqida 3.Norin tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari T.Temirovning tizimdagi tashkilot va muassasalarning 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha ish faoliyatlari tahlili haqida 4.Norin tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Gʻaybullayevning tizimdagi tashkilot va muassasalarning 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha ish faoliyatlari tahlili haqida5. Norin tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Sh.Yuldashevning 2024 yil 1-yarim yillik bo‘yicha hisoboti haqida6.Norin tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari S.Sidiqovning tizimdagi tashkilot va muassasalarning 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha ish faoliyatlari tahlili haqida 7. Norin tumani hokimining qishloq va suv ho‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Bo‘taboyevning tizimdagi tashkilot va muassasalarning 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha ish faoliyatlari tahlili haqida 8. Norin tumanida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i N.Sarimsaqovaning 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha sohada amalga oshirilayotgan ishlari, hisoboti va barcha Mahalla fuqarolar yig`inlarida faoliyat olib borayotgan аyollar faollarining reytingi haqida9.Norin tumani prokurorining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquq-tartibotni kuchaytirish hamda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2024 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida10.Norin tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida11. Norin tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar taxlili yuzasidan 2024 yil 1-yarim yillik yakunida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida12.Norin tumani Soliq Inspeksiyasi 2024 yil 1-yarim yillik yakunida belgilangan davlat byudjeti prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini taʼminlash borasida olib borilgan ishlarning natijalari to‘g‘risida13.Norin tumani hududida 2024 yil 1-yarim yillik davomida sodir etilgan yo‘l-transport xodisalari axvoli va ularning oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida. 14.Norin tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri Gʻ.Primqulovning mahalliy byudjetining 2024 yil 1-yarim yillik yakuni ijrosi to‘g‘risida hisoboti haqida15. Norin tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i N.Xolmirzayevaning tuman tibbiyot birlashmasi tizimida 2024 yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.16. Tumanda 57 MFYlarda faoliyat olib borayotgan MFY raislarining 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha reytingi to‘g‘risida17.Tumanda 57 MFYlarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha reytingi to‘g‘risida.18.Tumanda 57 MFYlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining 2024 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha reytingi to‘g‘risida19. Xal deputatlari tuman Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqshi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish to‘ risida20.Norin tumani hokimi va yerdan foydalanuvchi oʻrtasida yer ijarasi shartnomasini tuzish choralarini koʻrish toʻgʻrisida21. Boshqa qo‘shimcha masalalar

Бошланиши кутилаётган янги ўқув йилига тайёргарлик жараёни ҳамда таълим муассасаларининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолатини ўрганиш мақсадида туман ҳокими Жўрабек Нуматов ҳамда тегишли соҳа раҳбарлари иштирокидаги ишчи гуруҳ томонидан тумандаги умумтаълим мактаби фаолиятлари ўрганилди.

Ўрганиш давомида ушбу синф хоналарининг ўқув йилига тайёргарлиги, зарур воситалар ва жиҳозлар билан таъминланганлиги, мактаб ҳудудида амалга оширилган ободонлаштириш ишлари, шунингдек, бошқа йўналишлар ўрганилиб, мавжуд камчиликларни бартараф этиш юзасидан тегишли тавсиялар берилди.

Ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra fuqarolar tomonidan 61 566 ta ovozlar berilganligi va ovoz berish yakunlariga koʻra, jami 16 220 mln soʻmlik 12 ta loyihalar gʻolib deb topilgan.

  -Shundan 11 ta loyihalar tumandagi ichki ko'chalarini asfaltlash ishlaridan iborat. -Shuningdek, 1 ta loyiha tuman Sport maktabiga qarashli Markaziy Shodlik stadionini yugirish yo'lakchasini ta'mirlash bilan bog'liq.  -Hozirda Qurilish taʼmirlash bilan bogʻliq loyihalardan 9 ta MFYlarda ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi va qolgan 3 ta loyihalar qurilish taʼmirlash ishlarini bajarish uchun “SHAFFOF” dasturiga tanlovga qoʻyildi.

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumini 1-bosqichi yaʼni fuqarolar tomonidan “Open budget” axborot portali orqali takliflar joylashga joriy yilning 6 iyul kuni start berildi.

-Bunda tumanimiz fuqarolari tomonidan oʻz hududlaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan takliflarni joriy yilning 26 iyul kunigacha “Open budget” axborot portali orqali takliflarni joylashlari mumkin.

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumi tuman mahalliy byudjet parametrlarida koʻzda tutilgan 10 mlrd 631 mln soʻm mablagʻ ajratildi.

-Bugungi kunga fuqarolar tomonidan 143 ta takliflar “Open budget” axborot portali kelib tushdi.

  Tumanimiz fuqarolariga oʻz takliflari bilan Tashabbusli byudjetning 2-mavsumida faol ishtirok etishlarini soʻrab qolamiz.

Norin tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi