Янгиликлар
Bolalar bogʻchalari direktorlari sertifikatlanadi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga yuqori malakali, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlarni tayinlash tizimini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024 yildagi "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejment kurslarida tayyorlash va tayinlash tizimini joriy etish hamda ularga sertifikat berish toʻgʻrisida"gi VMQ-531-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
tomonidan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi. Bunda tashkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud bo‘lgan va ushbu ko‘rsatilgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi. Tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan direktorlar (keyingi o‘rinlarda — direktorlar) har 5 yilda bir marotaba Nizom talablariga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi.
|
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Z.Tursunov |
2024 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-957-son Qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻrta maxsus, professional, oliy ta’limni hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Belgilanishicha, nodavlat ta’lim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oʻrtasida taqsimlanadi.
Qonun oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan.
|
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i |
A.Xamdamov |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga piroteхnika buyumlarining qonunga хilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-949-son Qonun imzolandi.
Ushbu qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, piroteхnika buyumlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, хuddi shuningdek ularni qonunga хilof ravishda respublikadan olib chiqish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki respublikaga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Norin tuman yuridik xizmat ko`rsatish mazkazi
Bosh yuristkonsulti Z.Tursunov
Prezident tomonidan 2024 yil 4 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-953-son Qonun imzolandi.
Qonun ilgʻor хorijiy tajriba va хalqaro saylov standartlari asosida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Xususan, fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali fuqarolarning teng saylov huquqi kafolatlari kuchaytirilmoqda.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki
boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganligi – BHMning 1 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, Qonun bilan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etish uchun Davlat byudjeti hisobidan ularga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Xususan, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoхud hisobotda bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik – mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Norin tuman yuridik xizmat ko`rsatish mazkazi
Bosh yuristkonsulti J.Mamadaliyaev
Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat'i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish talabi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.
Agar ta'minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.
Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma'muriyati aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsga ish haqi to‘langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to‘lashi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning hisobidan unga o‘tkazishi shart.
Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Oila kodeksiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalarga to‘lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uchun hisoblab chiqiladi.
Norin tuman yuridik markazi
bosh yuriskonsulti D.Temirov






