Янгиликлар
Аҳолини рўйхатга олиш соҳасини давлат томонидан тартибга солиш:
Аҳолини рўйхатга олиш соҳасини давлат томонидан тартибга солиш ЎзР ВМ, ЎзРда Аҳолини рўйхатга олишни ўтказишга кўмаклашиш бўйича республика комиссияси, Аҳолини рўйхатга олиш соҳасидаги махсус ваколатли давлат органи, шунингдек маҳаллий давлат ҳокимияти органлари томонидан ўз ваколатларига мувофиқ амалга оширилади.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Ахолини рўйхатга олиш соҳасидаги ваколатлари:
Аҳолини рўйхатга олиш соҳасида ягона давлат сиёсати амалга оширилишини таъминлайди; Аҳолини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тартибини, Аҳолини рўйхатга олиш дастурини ҳамда рўйхатга олиш варағининг шаклларини тасдиқлайди; Аҳолини рўйхатга олишнинг якуний маълумотларидан фойдаланиш тартибини белгилайди; давлат бошқаруви органларининг ва маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг Аҳолини рўйхатга олиш соҳасидаги фаолиятини мувофиқлаштиради; Аҳолини рўйхатга олишга жисмоний ва юридик шахларни жалб этиш ва ҳақ тўлаш тартибини белгилайди.
Ўзбекистон республикасида АРОни ўтказишга кўмаклашиш бўйича республика комиссияси:
Аҳолини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш билан боғлиқ чора тадбирларни ўз вақтида ва сифатли бажарилишини ҳамда жараёнларнинг мувофиқлаштирилиши ва маниторингини амалга оширади; Аҳолини рўйхатга олиш натижаларини таҳлилини ўтказади; Аҳолини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказишни молиялаштириш, Аҳолини рўйхатга олиш материалларига ишлов беришни ташкил этиш ва унинг якуний натижаларини эълон қилиш масалаларига доир таклифларни кўриб чиқади; Аҳолини рўйхатга олишга жисмоний ва юридик шахсларни жалб қилиш ва ишига ҳақ тўлашни ташкил қилади; Халқаро ташкилотлар билан ҳамкорлик қилишни амалга ошириш бўйича таклифлар ишлаб чиқади; Республика комиссисини шакллантириш ва унинг фаолиятини ташкил этиш тартиби Ўзбекистон Респбликаси Президенти томонидан белгиланади, Статистика агентлиги республика комиссиясининг ишчи органидир.
Аҳолини рўйхатга олиш соҳасида махсус ваколатли давлат органи:
Рўйхатга олиш хужжатлари шаклларини, рўйхатга олувчи ходимлар гувоҳномаси шаклини ишлаб чиқади ва тасдиқлайди; Аҳолини рўйхатга олиш дастури ва рўйхатга олиш хужжатларини ишлаб чиқади; рўйхатга олиш варақлари тайёрланишини ва ҳудудларга етказилишини таъминлайди; Аҳолини рўйхатга олишни ўтказиш тўғрисида аҳолини хабардор қилишга доир ишларни мувофиқлаштиради; рўйхатга олувчи ходимларни танлаб олиш ва ўқитиш тартибини, шунингдек шахсга доир маълумотларга ишлов бериш тартибини белгилайди ва ишлов беради; рўйхатга олиш варағи ва бошқа хужжатларни сақланиши ва йўқ қилинишини тартибини белгилайди
Энг аввало, юқорида қайд этилганидек, рўйхатга олиш мамлакат аҳолисининг аниқ сонини, таркиби ва яшаш шароити ҳақидаги маълумотларни билиш имконини беради. Асосийси, бу натижаларни умумлашган, яъни шахссизлантирилган кўринишда турли жадвалларда акс эттириш ва улардан нафақат бутун мамлакат, балки аҳолининг турли тоифалари ҳамда ҳудудлар бўйича ҳам таҳлил қилишда фойдаланиш мумкин. Бунда аҳоли сони, оилавий аҳволи, маълумоти, касби, уй-жой билан таъминланганлик даражаси, меҳнат ресурслари, бандлиги ва ишсизлиги, соғлиқни сақлаш, таълим каби соҳалар бўйича батафсил маълумот тўплана- ди. Ушбу маълумотлар аҳолининг истиқбол- даги ҳисоб-китоблари ва яқин йилларда мам- лакатдаги ижтимоий-иқтисодий вазиятнинг устувор йўналишларини белгилаш учун асос бўлиб хизмат қилади.
— Аҳолини рўйхатга олиш жараёнида йиғиладиган маълумотлар, ўз навбатида, республика ва ҳудудларни ижтимоий-иқти- содий ривожлантириш, янги иш ўринлари яратиш, аёллар ва болалар саломатлигини яхшилаш, оилаларга ёрдам кўрсатиш, соғлиқни сақлаш, таълим бўйича дастурларни манзилли ишлаб чиқиш имкониятини кен- гайтиради. Айни чоғда улар аҳоли пунктлари инфрату- зилмасини яхшилаш, меҳнат ресурсларидан фойдаланиш ва жойлаштириш бўйича қис- қа, ўрта ва узоқ муддатли прогнозлар, дас- турларни ишлаб чиқишда ҳам ниҳоятда қўл келади. Масалан, одамларнинг бир жойдан иккинчи жойга иш топиш ёки бошқа мақсад- ларда кўчиб юриши, бандлиги ва касби тўғ- рисидаги маълумотлар бутун мамлакат ёки унинг муайян ҳудудида ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш соҳасини ривожлантириш- ни режалаштириш имконини беради.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5852-son farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Mamalakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 20-yanvardai 34-son qarori, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2023-yil 21-fevraldagi 15-00343-sonli “Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarini davlat ekspertizasidan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasining yig’ilish bayoni” ijrosini taminlash maqsadida tuman komissiyasi bergan xulosasiga asosan tumandagi 54 ta qabristonni tasdiqlash to’g’risidagi taklifini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari Norin tumani Kengashi
QAROR QILADI:
1.O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2023-yil 21-fevraldagi 15-00343-sonli “Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to’g’risidagi takliflarini davlar ekspertizasidan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasining yig’ilish bayoni” ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Tumandagi qabristonlar nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman statistika bo’limi (Z.Imomov), tuman kadastr agentligi (A.Mirzaahmedov), tuman qurulish bo’limi boshlig’i (L.Abdurayimov) boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda nomlari ilovada ko’rsatilgan geografik ob’yektlarni belgilangan tartibda davlar ro’yxatidan o’tkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish xujjatlariga o’zgartirishlar kiritish bilan bog’liq barcha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
4.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi (S.Xojiboeva) zimmasiga yuklansin.
5.Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:aholini ro‘yxatga olish - O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni; Aholini ro‘yxatga olish sanasi - aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish amalga oshiriladigan aniq payt (yil, oy, kun va soat); respondentlar - aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; Ro‘yxatga olish varag‘i - ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yozib olish uchun belgilangan shakldagi blanka; Ro‘yxatga olish hujjatlari - aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoniga taalluqli hujjatlar majmui; Ro‘yxatga oluvchi xodimlar - O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishga va uni o‘tkazishga jalb etilgan, maxsus o‘quvdan o‘tgan voyaga yetgan fuqarolari; Uy xo‘jaligi - bitta turar joyda yoki uning bir qismida birgalikda yashaydigan, o‘zini yashash uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlaydigan, umumiy xo‘jalik yuritadigan, pul mablag‘larini to‘liq yoki qisman birlashtiradigan va sarflaydigan shaxslar yig‘indisi. Bu shaxslar qarindoshlik munosabatlarida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Uy xo‘jaligi bitta shaxsdan iborat bo‘lishi mumkin. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish; shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash; aholini ro‘yxatga olishlar oralig‘idagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davriylik; umumiylik va bir paytdalik; ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi; shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi; aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi. -Davriylik prinsipi Aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkaziladi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sanasi va muddati ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qoyida tariqasida, ro‘yxatga olishni o‘tkazish mo‘ljallangan sanadan kamida uch yil oldin kiritiladi.-Umumiylik va bir paytdalik prinsipi Aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni barcha respondentlardan yig‘ish O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning o‘zida amalga oshiriladi.Ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi prinsipi Shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yxatga olish varag‘i har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldiriladi. Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi prinsipi Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi. Aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi prinsipi O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish aholini ro‘yxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Кумуш тола ҳосили учун илк қадам
Норин туманида қурт боқиш мавсумига тайёргарлик ишлари қизғин бошланди.
Бугун Норин туман "Агропилла" масъулияти чекланган жамиятида "2024 йил баҳорги ипак қурти боқиш мавсумига тайёргарлик кўриш, уни парваришлашда янгича инновацион технологияларни кенг жорий этиш, бу борада Норин тажрибасини тарғиб қилиш" мавзуида вилоят кўргазмали семинари бўлиб ўтди.
Унда Бош вазир ўринбосари Зулайхо Маҳкамова бошчилигидаги ишчи гуруҳи аъзолари, вилоятдаги масъул ташкилотлар раҳбарлари ҳамда ипак қурти боқувчи масъуллар иштирок этдилар. Семинарда дастлаб ҳудудда «Яшил макон» лойиҳаси доирасида йиғилганлар иштирокида 1000 тупдан зиёд тут кўчатлари экилди.
Норин тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.










