-aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar bo‘yicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish;

-kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;

-aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional «ijtimoiy ish» xizmatini tashkil etish;

-ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy hamjamiyatlarni turli xil xizmatlar ko‘rsatish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun rag‘batlantirish choralarini yaratish;

-sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini ta’minlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish.

Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

                        D.Temirov

 

Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDYo organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.  

Uzrli sabablar bo‘lganda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga etmaganning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi — emansipatsiya) FHDYo organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.

Alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar) nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda etarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek FHDYo organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.          

Ushbu xizmatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilib olish mumkin.

 

Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

                        Z.Tursunov

- urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan va doirasi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaxslar;

- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona.

 -Ushbu soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi

 

Quyidagilar qisman soliq solishdan ozod etiladi:

-Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.

-I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

-Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar er solig‘idan ozod etiladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

 

Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i

 

                          A.Xamdamov

 

Prezident tomonidan 07.09.2024 yildagi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-312-son qaror imzolandi

 

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etilmoqda:

  • bir loyiha doirasida 300 mln so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 mln so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ  (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya)mablag‘lari hisobidan, 200 mln so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — mikrokredit beruvchilar) o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish;
  • garovsiz ajratilgan 100 mln so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
  • mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish.

 

Dastur doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar:

  • barcha mikrokredit beruvchilar tomonidan kamida 1 yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi. Bunda boshqa talablar va mezonlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • 2024 yil 1 noyabrdan boshlab kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
    • 5-toifa uchun — 12,5 %;
    • 4-toifa uchun — 13,5 %;
    • 3-toifa uchun — 14,5 %;
    • 2-toifa uchun — 17 %;
    • 1-toifa uchun — 18 %;
  • Yillik stavkasi 24 %dan oshganda yoki 1–3-toifadagi tumanda (shaharda) savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan bog‘liq loyihalar uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga ajratilganda, Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilmaydi va ular bo‘yicha portfel kafilligi taqdim etilmaydi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

                           J.Mamadaliyev

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga muvofiq yuridik ta’limning uzluksizligini ta’minlash hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024 yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-532-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonida quyidagilar belgilangan:

maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimini joriy etish;

Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish;

Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

o‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib borish;

maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalarni yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan variativ o‘quv rejalari asosida zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari”ni tashkil etish choralarini ko‘rish belgilangan.

Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

                        D.Temirov