Янгиликлар
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (13.10.2022 yildagi 592-son)ga asosan:
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
- pensiyaning tayanch miqdoridan;
- ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
- pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
Shuningdek:
- Ishlamaydigan pensionerlarga faxriy unvonlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
- 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha to‘lov qo‘shiladi.
- Pensiya miqdorini hisoblashda oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi.
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Mamadaliyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 22.09.2022 yildagi PQ-377-son
Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.
Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.
2023 yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yo‘naltirilgan daromad soliqqa tortiladi.
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Tursunov
Deklaratsiya – jismoniy shaxsning yil davomida olgan daromadlari va ushlangan soliq miqdori haqidagi hujjat bo‘lib, yashash joyidagi soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 393-moddasiga asosan:
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Temirov
Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:
▪ umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;
▪ Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan
yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.
(16.02.2023-yildagi № PQ-57)
Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.
Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.
Norin tumani Adliya bo‘limi Yuridik markaz raxbari A.Xamdamov
Prezidentning 23.08.2024 yildagi PF-119-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Prezidentning 22.07.2024 yildagi PF-103-sonli Farmoniga muvofiq, paхta hosilini sotib olish va sotishning yangi tizimi shaffof, toʻlaqonli va adolatli ishlashini ta’minlash, paхta хom ashyosi yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish boʻyicha Respublika shtabining taklifiga koʻra:
- Qishloq хoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan paхta-toʻqimachilik klasterlari va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korхonalarga fyuchers shartnomalari boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paхta хom ashyosini yigʻib olish uchun kreditlar ajratiladi;
- Kredit miqdori paхta хom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi – 2 foiz) 10 oy muddatga, shu jumladan uch oylik imtiyozli davr bilan, keyingi 7 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan beriladi.
Prezidentning 12.12.2023 yildagi "Qishloq хoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-205-sonli Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023 yildagi 680-sonli qarori bilan tasdiqlangan Paхta хom ashyosi yetishtirish va paхta yigʻim-terimi хarajatlarini hamda paхta хom ashyosini хarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 23 avgustdan kuchga kirgan.
Norin tuman yuridik xizmat ko`rsatish mazkazi Bosh yuristkonsulti J.Mamadaliyev






