#Ташрифдан сўнг...

Президентимизнинг Наманган вилоятига ташрифидан сўнг давлатимиз раҳбари белгилаб берган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида Бош вазир ўринбосари Зулайхо Маҳкамова бошчилигидаги ишчи гуруҳи аъзолари туманимиз маҳаллаларида ўрганиш олиб борилди.

Норин туманининг "Каттаоқтовлик" маҳалласида ўтказилган томорқадан унумли фойдаланиш, хотин-қизлар бандлигини таъминлаш мақсадларини кўзлаган кўргазмали семинар ҳам ташкил этилди. Тадбирда намунали хонадонларнинг иссиқхоналардан йилнинг тўрт фаслида ҳам ҳосил олиш, кўчатлар ва резавор экинлар етиштириш агротехникаси ҳақида маълумотлар берилди.

Шундан сўнг, "Катта Оқтовлиқ" маҳалласи хонадонларида ердан самарали фойдаланиш, иссиқхоначиликни оммалаштириш, чорвачилик ва бошқа қўшимча даромад манбаларини йўлга қўйиш борасидаги тажрибалар ўрганилди.

Норин тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Ҳалқимиз йилдан йилга томорқа қўшимча даромад манбаси эканини яхши англаган ҳолда йилига 2-3 маротаба ҳосил олишни кўзлаб иш юритиши натижасида етиштирилаётган ҳосил миқдори ҳам ортиб бормоқда. Мазкур юмушларга Норин туманидаги 57 та маҳаллада алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Масалан, “Норинкапа” ММТП ҳудудидаги "Музаффар олчазори" боғдорчилик хўжалиги кўп тармоқли бўлиб ҳозирги кунда боғ ораларига картошка экиш ишлари жадал бошланган. Плёнка остига экилган картошка уруғлари бўй кўрсатмоқда. Хўжалик раҳбари бу билан чекланмай 200 тонна маҳсулот сақлаши учун махсус совитиш омбори ва ва иссиқхона шароитида банан етиштириш бўйича ишларни олиб бормоқда.

Бундан ташқари Тўрт фаслда ҳам тиним билмайдиган тадбиркор кичик томорқасида банан кўчатларини етиштирмоқда. Банан кўчатларини ерга қадагандан сўнг 6 ойдан кейин секин-аста мевалари етила бошлайди. Баҳор, ёз ойларида ҳаво ҳароратининг иссиқ экканлигини инобатга олиб, ҳосил мўл ва баракали бўлади. Битта банан дарахти 23-24 килогача, донага ҳисобласа, 300-350 таггача мева бериши мумкин. Маҳсулотнинг харидорлиги ҳисобга олинса, унинг савдосидан келаётган даромад ҳам мақтагулик даражада. Дарахтларнинг табиат ва инсон ҳаётида қанчалик муҳим аҳамиятга эга экканлигини барчамиз яхши биламиз, – дейди тадбиркор.

Банан мевалари ҳосилга кирган пишиб етилиш арафасида. Боғдорчилик ташкил этган тадбиркорнинг олиб бораётган фаолияти натижасида маҳалладаги ишсизлар бандлиги таъминланиб, даромади ортмоқда. Албатта, карантин даврида аҳолини озиқ-овқат маҳсулотларига бўлган талабини қондириш, бандликни таъминлаш ва реал даромадини ошириш энг муҳим вазифадир.

Бу борада Норин туманида йўлга қўйилган лойиҳалар истиқболда кутилган самара бериши шубҳасиз.

Норин тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish respondentlar yashaydigan (turadigan) turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish chog‘ida yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan xonalarda respondentlar so‘rovini o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish varaqlarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Respondentlar so‘rovi davlat tilida o‘tkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida so‘rovdan o‘tkazilishi mumkin. Ro‘yxatga olish varaqlari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddati ichida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgan respondentlar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ular uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinadi. Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi. Aholini ro‘yxatga olish dasturida nazarda tutilmagan savollar bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish taqiqlanadi. Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish sanasida chaqiruv asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar bo‘lgan, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga jalb etilgan harbiy xizmatchilar bo‘lgan va ularning yopiq hududlarda yashayotgan oila a’zosi bo‘lgan respondentlar haqidagi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish harbiy qism komandiri yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish sanasida: bolalar internatlarida, tarbiya muassasalarida, “Bolalar shaharchalari”da; ijtimoiy muassasalarda; diniy muassasalarda; shifoxonalarda va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlarida; qamoqda saqlash joylarida, tergov hibsxonasida, axloq tuzatish muassasalarida va maxsus muassasalarda yashayotgan (bo‘lgan) respondentlar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish ushbu qismda nazarda tutilgan muassasalar hamda tashkilotlar ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari xodimlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ularning o‘zi bilan birga bo‘lgan oila a’zolari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari hamda ularning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bo‘lgan boshqa shaxslar ro‘yxatga olinmaydi.

Бугун Ўзбекистон – Хитой ҳамкорлик муносабатлари кенг кўлам касб этиб, стратегик шериклик алоқалари юксак даражага кўтарилмоқда. Мамлакатларимизнинг миллий манфаатлари, ижтимоий-иқтисодий тараққиёти, жаҳондаги нуфузи юксалишига хизмат қиладиган бу алоқалар ўзаро дўстлик, мустаҳкам ишончга асосланган ҳамкорлик негизида тараққий этмоқда.

 

Бугун Норин туманига Хитой Халқ Республикаси Шандунь провинцияси Анхи шаҳрида жойлашган «SPT Lighting Co. Ltd» корхонаси мутасаддилари ҳамда бир қатор бошқа корхоналар вакиллари бошчилигидаги делегацияси ташриф буюрди.

 

Меҳмонларни туман ҳокими Жўрабек Нурматов кутиб олди ва келгусида амалга ошириладиган инвестиция лойиҳаларини муҳокама қилинди.

Ўзаро ҳамкорликнинг янги босқичларини белгилаб берган амалий учрашув чоғида Хитой инвестицияларининг вилоят иқтисодиётида улуши тобора ортиб бораётгани қайд этилди.

 

Хитойлик инвесторлар, бугун Ўзбекистон Чин юрти сармоядорлари учун асосий жозибадор йўналишлардан бирига айланганини таъкидлаб ўтишди. Бу борада Наманган вилоятида хорижий инвесторларга, хусусан хитойлик ҳамкорларга яратилаётган имкониятлар ҳамда шароитларни алоҳида тилга олган меҳмонлар, ҳамкорликнинг янги босқичларга кўтаришга тайёр эканликларини билдиришди.

 

Учрашув давомида Норин туманида амалга оширилиши режалаштирилаётган янги йирик лойиҳалар, хусусан ижтимоий-иқтисодий, қурилиш, туризм, сармоявий, илмий-техникавий алоқаларни ўрнатиш доирасида ҳамкорлик истиқболлари муҳокама қилинди.

 

Бир сўз билан айтганда, икки давлат ўртасидаги муносабатларни жадал ривожланиб бораётгани мамнуният билан қайд этилди.

       Birinchi bosqich,tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, 2-3 yilga yaqin vaqt davom etadi. Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala, aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Yana bir muhim vazifalardan biri bu –shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalarini va ma’muriy tumanlar xaritalarini tayyorlash hamda aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish hisoblanadi. Bunda mahalla, qishloq va ovullarning chegaralari, ko‘chalarda nom belgilarining o‘rnatilganligi, turar va noturar joylarning aniq soni hamda uylarning raqamlanganligi aniqlashtirib olinadi. Tayyorgarlik bosqichida aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan, ro‘yxatga olish varaqalari, ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ma’lumotlarning to‘g‘riligiga bevosita ayni ular mas’ul bo‘ladi va shakllantirilgan ma’lumotlar real bo‘lishi shart. Bu jarayonga har xil yoshda va kasbda bo‘lgan shaxslar jalb etilishi mumkin. Birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, shuningdek, boshqatoifadagi shaxslar ham, ular mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi bo‘lgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi va zarurat tug‘ilsa, ularga qo‘shimcha maslahatlar beriladi.

        Ikkinchi bosqich, riladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi.

   Aholini ro‘yxatga olish tadbiri an’anaviy usulda, ya’ni ro‘yxatga oluvchi shaxslar tomonidan hududlarda uyma-uy kirgan holda,yuzma-yuz suhbat asosida, qog‘oz shaklidagi ro‘yxatga olish varaqalarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

     Uchinchi bosqich muddati qariyb ikki yilgacha bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritilib, ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinadi va natijalar e’lon qilinadi.